ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

ZAMONAVIY RAHBAR KASBIY FAOLIYAT MADANIYATI

Annotatsiya

Maqolada  MTT rahbarlarning boshqaruv jarayonida egallashi kerak boʻlgan kasbiy madaniyati, kasbiy faoliyat madaniyati  kriteriyalari, pedagogik jarayonda qoʻllaniladigan yondoshuvlar, kasbiy etiket qoidalari haqida maʼlumotlar berilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

--⊱⊱ 56 ⊰⊰--

ZAMONAVIY RAHBAR KASBIY FAOLIYAT MADANIYATI

Jumaniyazova Sadoqat Ibragimboyevna

Xorazm viloyati, Xonqa tumani 3-son

DMTT direktori

Annotatsiya

Maqolada MTT rahbarlarning boshqaruv jarayonida egallashi kerak boʻlgan kasbiy madaniyati, kasbiy faoliyat madaniyati kriteriyalari, pedagogik jarayonda qoʻllaniladigan yondoshuvlar, kasbiy etiket qoidalari haqida maʼlumotlar berilgan. Kalit soʻzlar: boshqaruv, kompetentlik, madaniyat, faoliyat, muloqot, munosabat, etika, tashabbuskorlik, fazilat, xislat.

Maktabgacha taʼlim tizimi zamonaviy rahbari – bu yuksak boshqaruv madaniyatiga ega shaxsdir. Koʻpgina mutaxassislar boshqaruvni faoliyat turi sifatida belgilab, obʼekt va subʼektga taʼsir oʻtqazish orqali pedagogik tizimni yangi sifatga oʻtkazish jarayoni deb qaraydilar.

Kompetentlik, keng dunyoqarash, tashabbuskorlik, umumiy madaniyat kabi fazilatlar MTT rahbariga pedagogik va adminstrativ vazifalarni tezkor yechishga yordam berib, mutaxassis va xodimlarni toʻgʻri taqsimlash va ularning vazifalarini belgilash, har bir xodim faoliyatini ragʻbatlantirish kabi jarayonlarni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi.

Boshqaruv sikli strukturasi obʼektlardan (maqsad, tarkib, resurslar, metodlar, uslublar, muhit, natija) va subʼektlardan (bola, pedagog, mutaxassislar, ota-onalar) tashkil topgan boʻlib, toʻgʻri va aks taʼsir pedagogik kengash, seminarlar, qarorlar, ishontirish, muloqot, taʼsir oʻtqazish, konferensiyalar, ota-onalar yigʻilishlari va h.k.); shuningdek, subʼektning obʼektga taʼsir oʻtqazish mexanizmlari loyihalashtirish, axborot yigʻish, taqqoslash, tahlil, nazorat, oʻz-oʻzini baholash, attestatsiya, oʻz-oʻzini tahlil qilish va h.k.kabi jarayonlar kiradi.

Rahbarning kasbiy faoliyat madaniyati muhim kriteriyalariga birinchi bu davlat taʼlim talablarini bajarishda maqsadga muvofiq va maqsadni toʻgʻri belgilashni bilishi, ikkinchisi: loyihalashtirilayotgan modelda (rejalar, dasturlar, konsepsiyalar) pedagogik jarayonlar obʼekt va subʼektini tizimli koʻra olish qobiliyati, uchinchisi: boshqaruvga statistik yondoshuv (masalan, tahlil metodi va statistik nazorat); toʻrtinchisi- dasturlar oʻzgaruvchanligi, boshqaruv subʼektini xilmaxillik bilan taʼminlash, qabul qilingan qarorlarning sifati va samaradorligini optimallashtirishni taʼminlaydigan texnologiya alternativlari kiradi.

Agar taʼlim tizimini boshqarish bir butun, maqsadga muvofiq, tizimli, oʻzgaruvchan va alternativ pedagogik jarayonga olib kelsa bu rahbarning kasbiy boshqaruv madaniyati koʻrsatkichi hisoblanadi, ish mazmuni faqat pedagogik tizim va boshqaruv modeli oʻrtasidagi munosabatlar dialektikasi orqali aniqlanishi va tushunilishi mumkin.

Pedagogik tizim yaxlitligi pedagogika fanlari doktori R.M.Chumichevani fikriga koʻra quyidagicha aniqlanadi: - “maqsadlar daraxti”, MTT rivojlanish dasturini ochib beruvchi konsepsiyasi, MTTning kompleks taʼlim dasturi, rahbarning yillik ish rejasi, mutaxassis va tarbiyachilarning kalendar-tematik rejalarini yaratish;

--⊱⊱ 57 ⊰⊰-- - Pedagogik jarayonda qoʻllaniladigan individual pedagogik texnologiyalar, - metodlar, uslublar, faoliyat usullari, faoliyatni tashkillashtirish turi, muhitni yaratish prinsiplari; - Pedagogik tizim obʼektlarining statik va oʻzgaruvchan sifat koʻrsatkichlarini taʼlim standartlari va subʼektlarni metodik tahlil asosida nazorat qilish; - Pedagogik jarayonlar va bola shaxsiyatining rivojlanishida aks etuvchi pedagogikaning oʻziga xos qonun va qoidalarini professional darajada bilish.

MTT rahbari oʻz boshqaruv faoliyatida yuksak natjalarga erishish uchun ish samaradorligiga taʼsir koʻrsatuvchi faktorlarni bilishi va hisobga olishi zarur. Shulardan biri rahbar va boʻysunuvchilarning jamoada shakllangan oʻzaro munosabatlaridir.

Oʻzaro munosabatlar xarakteri, jamoadagi mikroiqlim va undagi hukmron kayfiyat muassasa ishining muvafaqqiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Etika va etiket zamonaviy jamiyatda katta rol oʻynaydi va xatti-harakat madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda rahbarlar oʻzlarining yuksak madaniyatli, professional va kommunikativ fazilatlarini namoyish etishga yordam beruvchi etika va etiket qoidalariga yanada koʻroq eʼtibor qaratmoqdalar.

Jamoada ish hamkorligini yaratish – uzoq va murakkab jarayondir. U birinchi oʻrinda muassasa rahbarining xodimlar hamkorligi faoliyatini tashkillashtira olish, bolalar va ota-onalar bilan hamkorlikda ishlashda tarbiyachilarga yaqindan yordam berish, har bir xodimga individual yondoshuv qobiliyatiga bogʻliq.

Rahbarning axloqiy fazilati, xatti-harakatlari jamoadagi munosabatlarni belgilaydi. MTT rahbarining faoliyati murakkab va koʻpqirralidir. Umumiy maqsadlar, vazifalar ostida pedagogik jamoani jipslashtirish uning asosiy vazifasidir.

Zamonaviy rahbardan quyidagi koʻnikmalar talab etiladi: - Xodimlarning shaxsiy intilishlariga asoslanib, ularning yaxshi tomonlarini koʻra bilish; - Jamoada doʻstona munosabatlarni oʻrnatishga taʼsir koʻrsatish; - Xodimlar bilan muloqot (pedagogik etika, xushmuomalalik, nafislik, ishonchli tondagi muloqot va h.k.)

Barcha koʻrsatilgan fazilatlar MTTda ishonchli atmosferani yaratilishiga xizmat qiladi.

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.