FOYDALANISH METODIKASI
Erkinova Nodira Abdunazarovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi 3-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: P.f.f,d., v.b.,professor X. Xaydarova
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich ta'lim jarayonida sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Hozirgi raqamli ta'lim muhitida sun'iy intellekt o'quvchilarning bilim olish jarayonini samarali tashkil etish, individual yondashuvni ta'minlash hamda o'qituvchining ish faoliyatini yengillashtirishda muhim vosita sifatida namoyon bo'lmoqda. Maqolada sun'iy intellekt asosidagi platformalar, interaktiv dasturlar, aqlli o'quv tizimlari va raqamli resurslardan boshlang'ich sinf darslarida foydalanish metodikasi tahlil qilingan. Shuningdek, o'quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, mantiqiy tafakkuri va axborot bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, boshlang'ich ta'lim, raqamli texnologiyalar, innovatsion metodlar, interfaol ta'lim, zamonaviy pedagogika.
Annotitation: This article covers the pedagogical and methodological foundations of using artificial intelligence technologies in primary education. In today's digital learning environment, artificial intelligence is emerging as an important tool for effectively organizing the learning process of students, providing an individual approach, and facilitating the work of teachers. The article analyzes the methodology of using artificial intelligence-based platforms, interactive programs, intelligent learning systems, and digital resources in primary school lessons. The importance of the teacher in developing students' independent thinking, creativity, logical thinking, and information processing competencies is also revealed.
Keywords: artificial intelligence, primary education, digital technologies, innovative methods, interactive learning, modern pedagogy.
Аннотация: В данной статье рассматриваются педагогические и методологические основы использования технологий искусственного интеллекта в начальном образовании. В современной цифровой среде обучения искусственный интеллект становится важным инструментом эффективной организации процесса обучения учащихся, обеспечения индивидуального подхода и облегчения работы учителей. В статье анализируется методология использования платформ на основе искусственного интеллекта, интерактивных программ, интеллектуальных обучающих систем и цифровых ресурсов на уроках в начальной школе. Также раскрывается важность учителя в развитии самостоятельного мышления, креативности, логического мышления и навыков обработки информации у учащихся.
Ключевые слова: искусственный интеллект, начальное образование, цифровые технологии, инновационные методы, интерактивное обучение, современная педагогика.
Kirish. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta'lim tizimiga ham katta ta'sir ko'rsatmoqda. Ayniqsa, sun'iy intellekt texnologiyalarining paydo bo'lishi o'quv jarayonini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Boshlang'ich ta'limda sun'iy intellektdan foydalanish o'quvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishini oshirish, individual yondashuvni ta'minlash hamda dars samaradorligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ta'lim jarayonida ko'rgazmalilik, qiziqarli topshiriqlar va interfaol metodlarning qo'llanishi muhim hisoblanadi. Sun'iy intellekt texnologiyalari aynan shu ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi.
Asosiy qismSun'iy intellekt texnologiyalarining ta'limdagi oʻrni Sun'iy intellekt - inson fikrlash faoliyatiga yaqin bo'lgan jarayonlarni kompyuter orqali amalga oshirish texnologiyasidir. Ta'lim jarayonida u undagi imkoniyatlarni yaratadi:o'quvchilarning bilim darajasini aniqlash; individual topshiriqlar yaratish; tezkor baholash; interfaol mashg'ulotlarni tashkil etish; mustaqil ta'limni rivojlantirish.
Boshlang'ich sinflarda sun'iy intellekt asosidagi platformalar orqali o'quvchilarga mos topshiriqlar berilishi natijasida ularning darsga qiziqishi ortadi. Ayniqsa, multimedia vositalari bilan boyitilgan darslar o'quvchilarning diqqatini uzoq vaqt saqlab turishga yordam beradi.Sun'iy intellektdan foydalanish metodikasi. Boshlang'ich ta'limda sun'iy intellektdan foydalanishda quyidagi metodik yondashuvlar muhim hisoblanadi
1. Individual yondashuv metodiHar bir o'quvchining bilim darajasi turlicha bo'lgani sababli sun'iy intellekt dasturlari ularning o'zlashtirish ko'rsatkichlarini tahlil qiladi va mos topshiriqlar tavsiya etadi.
2. Interfaol ta'lim metodiSun'iy intellekt yordamida virtual o'yinlar, testlar va animatsion mashqlar tashkil etiladi. Bu esa o'quvchilarning faol ishtirokini ta'minlaydi.
3. Muammoli ta'lim metodiO'quvchilarga turli muammoli vaziyatlar berilib, sun'iy intellekt vositalari yordamida yechim topishga yo'naltiriladi. Natijada mantiqiy fikrlash rivojlanadi.
4. Mustaqil ta'lim metodi
Al texnologiyalari o'quvchilarning mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Elektron platformalar orqali uy vazifalari va qo'shimcha mashqlar bajariladi. Sun'iy intellektning afzalliklariBoshlang'ich ta'limda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi:ta'lim sifati oshadi;dars jarayoni qiziqarli tashkil etiladi;o'quvchilarning kreativ fikrlashi rivojlanadi;vaqt tejaladi;
Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich ta'limda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Sun'iy intellekt asosidagi dastur va platformalar o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xibobga olgan holda ta'limni tashkil etish, ularning bilim olishga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, interaktiv topshiriqlar, raqamli o'yinlar va aqlli baholash tizimlari orqali o'quvchilarning darsdagi faolligi ortadi. Shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalari o'qituvchilarga darslarni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etish, vaqtni tejash va o'quvchilar bilimini tezkor tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Natijada ta'lim sifati yaxshilanib, o'quvchilarda kreati mantiqiy tafakkur va raqamli savodxonlik kopitensiyalari shakllanadi.Biroq sun'iy intellektdan foydalanishda o'quvchilarning yosh xususiyatlari, axborot xavfsizligi va texnologiyadan me'yorida foydalanish masalalariga alohida e'tibor qaratish zarur. Texnologiya o'qituvchini to'liq almashtirmaydi, balki uning faoliyatini qo'llab-quvvatlovchi samarali vosita sifatida xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ishmuhamedov R., Yo'ldoshev M. Ta'lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.
2. Tolipov Oʻ., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. - Toshkent: Fan, 2016.
3. Begimqulov U. Pedagogik ta'limda axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. - Toshkent, 2018.
4. Azizxoʻjayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: O'qituvchi, 2019.
5. Jo'rayev R., Ziyomuhammedov B. Ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar shkent, 2020.
Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.