mazkur maqolada o‘zbek xalq qahramonlik eposining yirik namunasi bo‘lgan “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi ziddiyat-sinov orqali axloqiy saboq berish mexanizmi qiyosiy-tipologik asosda tadqiq etiladi. Tadqiqotda qahramonning turli ziddiyatli vaziyatlar va ketma-ket sinovlardan o‘tishi uning jasorat, sabr-bardosh, zukkolik, hushyorlik hamda irodaviy-axloqiy fazilatlarini namoyon etish va mustahkamlashga xizmat qilishi aniqlandi. “Go‘ro‘g‘li” turkumiga mansub dostonlar materiallari asosida sinovlarning kuch-qudrat sinovi, aql-idrok va sabr sinovi, vasvasa-ig‘vo sinovi hamda zanjirsimon kompleks sinov kabi to‘rt tipologik turi ajratildi. Ushbu sinovlarning strukturaviy xususiyatlari folklorshunoslikdagi sinov va toblanish konsepsiyasi hamda pedagogika fanidagi muammoli ta’lim nazariyasi bilan qiyosiy tahlil qilindi. Natijada dostonlardagi sinovlarning sodda shakldan murakkab va ko‘p bosqichli tizimga qarab rivojlanishi muammoli vaziyatlarning murakkablashib borish tamoyiliga metodologik jihatdan yaqin ekanligi asoslandi. Tadqiqot natijalari “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi ziddiyat-sinov hodisasini faqat syujet- kompozitsion unsur sifatida emas, balki qahramonning shaxsiy tajribasi orqali axloqiy fazilatlarini shakllantiruvchi va mustahkamlovchi pedagogik-badiiy mexanizm sifatida baholash imkonini beradi.
в данной статье на основе сравнительно-типологического подхода исследуется механизм нравственного воздействия посредством конфликта- испытания в эпическом цикле «Гороглы», являющемся одним из крупнейших образцов узбекского народного героического эпоса. В ходе исследования установлено, что прохождение героем различных конфликтных ситуаций и последовательной цепи испытаний способствует проявлению и укреплению таких его качеств, как мужество, терпение и стойкость, сообразительность, бдительность, а также волевая и нравственная устойчивость. На материале эпических произведений, входящих в цикл «Гороглы», выделены четыре типологические разновидности испытаний: испытание силы и физической мощи, испытание интеллекта и терпения, испытание искушением и провокацией, а также цепочечное комплексное испытание. Структурные особенности данных испытаний сопоставлены с концепцией испытания и закалки, сложившейся в фольклористике, а также с теорией проблемного обучения в педагогической науке. В результате обосновано, что развитие испытаний в эпосе от простых форм к сложной многоступенчатой системе методологически соотносится с принципом последовательного усложнения проблемных ситуаций. Результаты исследования позволяют рассматривать явление конфликта-испытания в цикле «Гороглы» не только как сюжетно-композиционный элемент, но и как самостоятельный художественно-педагогический механизм, обеспечивающий формирование и укрепление нравственных качеств героя посредством личного опыта.
Raqamli texnologiyalar talabalar axborot oladigan vositalargina emas, balki tarix, til, madaniyat va jamiyat haqidagi qarashlarini shakllantiradigan kundalik muloqot makoniga aylangan. Shu sababli milliy identiklikni rivojlantirish faqat an’anaviy darslar bilan cheklanmay, raqamli axborotni anglash, tahlil qilish va ma… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
milliy identiklikraqamli muhitoliy ta’limtalaba yoshlarpedagogik mexanizmmedia savodxonlik
Maqolada raqamli ta’lim muhitida 7–9-sinf o‘quvchilarining mustaqil ta’lim olish kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Mustaqil o‘quv faoliyatini maqsadli rejalashtirish, axborot manbalarini izlash va baholash, raqamli mahsulot yaratish, o‘zini nazorat qilish hamda refleksiya jar… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
raqamli ta’lim muhitimustaqil ta’lim kompetensiyasipedagogik mexanizmo‘zini o‘zi boshqarib o‘rganishraqamli didaktik topshiriqaxborotni baholash
Maqolada ta’lim jarayonida o‘quvchi va talabalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan asosiy metod va texnologiyalar tahlil qilingan. Tanqidiy fikrlash tushunchasining mazmuni, uning tarkibiy qismlari hamda xorijiy va mahalliy olimlarning qarashlari yoritilgan. “Chaqiruv – anglash – fikr… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
Maqolada texnik oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston tarixini o‘qitish jarayonida tarixiy manbalar va interfaol metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tarixiy hujjatlar, davriy matbuot materiallari, statistik ma’lumotlar va vizual manbalar bilan ishlash orqali talabalarda dalillarni taqqo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
tarixni o‘qitish metodikasitarixiy manbalarinterfaol metodlartahliliy tafakkurtexnik oliy ta’limmanbalar tanqidi
XXI asr globallashuv va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi umumta’lim maktablarini boshqarish jarayoniga yangi talablarni olib kirib, rahbar kadrlardan axborot oqimini boshqarish, mediasavodxonlik va raqamli xavfsizlik madaniyatini talab etmoqda. Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →