KIRISH: mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda ta’limiy o‘yin texnologiyalaridan foydalanish masalalari yoritildi. Zamonaviy ta’lim tizimi pedagoglardan innovatsion yondashuvni qo‘llash, ijodiy faoliyatni tashkil etish hamda ta’lim jarayonida samarali metodlardan foydalanishni talab etadi. Shu jihatdan pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Maqolada ta’limiy o‘yin texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi o‘rni hamda ularning bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ salohiyatini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilindi. MAQSAD: maqolaning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda ta’limiy o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslarini yoritish, ularning ta’lim jarayonidagi pedagogik imkoniyatlari va samaradorligini tahlil qilish hamda o‘quv jarayonida qo‘llashning samarali usullarini asoslab berishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda ta’limiy o‘yin texnologiyalarining samaradorligini aniqlash maqsadida turli ilmiy metodlardan foydalanildi. Jumladan, qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatish, psixologik tahlil hamda tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, interfaol metodlar asosida tashkil etilgan o‘yinli topshiriqlarning natijalarini baholash uchun ekspert baholash usulidan ham foydalanildi. Mazkur metodlar ta’limiy o‘yin texnologiyalarining pedagogik jarayonga ko‘rsatadigan ta’sirini ilmiy asosda tahlil qilish va ularning samaradorligini aniqlash imkonini berdi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida ta’limiy o‘yin texnologiyalaridan foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarning o‘quv faoliyatidagi faolligini oshirishga, mustaqil fikrlashni rivojlantirishga hamda muammoli vaziyatlarga ijodiy yondasha olish qobiliyatini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. O‘yin elementlariga asoslangan faoliyat jarayonida talabalarda ijodkorlik, o‘zaro hamkorlik, muloqot madaniyati va jamoaviy ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Shuningdek, o‘yin texnologiyalaridan foydalanish talabalarning kreativ kompetensiyasini shakllantirishda muhim metodik vosita ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar pedagogik amaliyotda ta’limiy o‘yin texnologiyalarini maqsadga muvofiq va tizimli qo‘llash ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi. XULOSA: ta’limiy o‘yinlar asosida tashkil etilgan ta’lim muhiti bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularning mustaqil qaror qabul qilishi hamda muammoli vaziyatlarga noodatiy yechim topa olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limiy o‘yin texnologiyalari talabalarda o‘quv motivatsiyasini oshirish, dars jarayoniga qiziqishini kuchaytirish va innovatsion fikrlashni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababli pedagogik amaliyotda ta’limiy o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish zamonaviy ta’limning dolzarb talablaridan biri hisoblanadi.
INTRODUCTION: this article examines the issues related to the use of educational game technologies in developing creative thinking among future teachers. The modern education system requires educators to apply innovative approaches, organize creative activities, and utilize effective methods in the teaching process. In this context, fostering students’ creative thinking skills within teacher education programs represents a crucial task. The article analyzes the role of educational game technologies in the learning process and their pedagogical potential in enhancing the creative abilities of future teachers. PURPOSE: The aim of the article is to reveal the theoretical foundations of using educational game technologies in developing creative thinking among future teachers, to analyze their pedagogical potential and effectiveness in the educational process, and to substantiate effective methods for their application in the learning process. MATERIALS AND METHODS: During the research process, various scientific methods were employed to determine the effectiveness of educational game technologies in developing creative thinking among future teachers. In particular, comparative analysis, pedagogical observation, psychological analysis, and experimental research were conducted. In addition, the expert evaluation method was used to assess the results of game-based tasks organized through interactive methods. These approaches made it possible to scientifically analyze the pedagogical impact of educational game technologies on the learning process and to determine their effectiveness. DISCUSSION AND RESULTS: The results of the study showed that the use of educational game technologies in the learning process has a positive effect on increasing the academic activity of future teachers, developing their independent thinking, and forming the ability to approach problem situations creatively. During activities based on game elements, students develop creativity, mutual cooperation, communication culture, and teamwork skills. In addition, it was determined that the use of game technologies is an important methodological tool in forming students’ creative competence. The obtained results confirm that the purposeful and systematic application of educational game technologies in pedagogical practice contributes to improving the effectiveness of the educational process. CONCLUSION: The educational environment organized based on educational game technologies plays a significant role in developing the creative potential of future teachers, enhancing their ability to make independent decisions, and finding nonstandard solutions in problematic situations. Educational game technologies contribute to increasing students’ learning motivation, enhancing their interest in the educational process, and fostering innovative thinking. Therefore, the effective use of educational game technologies in pedagogical practice is one of the pressing requirements of modern education.
Maqolada texnik oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston tarixini o‘qitish jarayonida tarixiy manbalar va interfaol metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tarixiy hujjatlar, davriy matbuot materiallari, statistik ma’lumotlar va vizual manbalar bilan ishlash orqali talabalarda dalillarni taqqo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
tarixni o‘qitish metodikasitarixiy manbalarinterfaol metodlartahliliy tafakkurtexnik oliy ta’limmanbalar tanqidi
Maqolada raqamli ta’lim muhitida talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladigan pedagogik-psixologik omillar tizimlashtirilgan. Ichki motivatsiya, fikr bildirish erkinligi, muammoli topshiriqlar, axborotni tekshirishga yo‘naltirilgan ko‘mak, moslashuvchan yordam va rivojlantiruvchi bahol… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
raqamli ta’limtanqidiy fikrlashijodiy fikrlashichki motivatsiyapsixologik xavfsizlikmoslashuvchan ko‘mak
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasida muzeylar faoliyatini huquqiy tartibga solishning normativ-huquqiy asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Muzeylar faoliyatini tashkil etish, muzey fondlarini shakllantirish va boshqarish, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, shuningdek, muzey ashyo… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
muzeymuzey faoliyatihuquqiy tartibga solishnormativ-huquqiy hujjatlarmadaniy merosmuzey fondi
Inson faoliyatining barcha sohalarida matematika faninning erishgan yutuqlaridan foydalanish katta samara berib kelmoqda. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot sohasining barcha jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli korxona va tashkilotlar o‘zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishganda ular o‘rtas… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
logistikaoptimal logistikasonli usullaritransport masalasimatematik model
Maqolada pedagogika yo'nalishi talabalarining tarbiyaviy ish ko'nikmalarini rivojlantirishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvining integrativ imkoniyatlari nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilingan. O'zbekiston Respublikasining ta'lim, STEAM va uzluksiz ma'naviy tarbiyaga oid olt… Annotatsiyani o‘qish va iqtibos keltirish →
STEAM yondashuvintegratsiyatarbiyaviy ish ko'nikmalaribo'lajak o'qituvchifanlararo aloqaloyihaviy ta'lim