ResearcherUz LogoResearcherUz

IS’HOQXON TO’RA IBRAT ASARLARINING BUGUNGI ZAMONAVIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI.

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada Is’hoqxon To’ra Ibrat asarlari va unda o’z aksini topgan pedagogik va ma’rifiy g’oyalarning bugungi zamonaviy ta’limdagi ahamiyati tahlil qilinadi.Bir nechta tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki,Ibratning ma’naviyat ,ma’rifat, ilm,ta’lim-tarbiya,xorijiy tillarni bilish ,zamonaviy bilimlarni o’rganish hamda yosh avlodni har tomonlama rivojlantirib,yuksaltirishga oid qarashlari o’rganilgan.Ibrat asarlaridagi pedagogik va ta’limiy g’oyalarning innovatsiya,kompetensiya hamda shaxsning har tomonlama yetuk kamol topishi bilan bog’liqligi tahlil etilgan. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi Is’hoqxon To’ra Ibrat asarlarida ilgari surilgan pedagogik va ma’rifiy g‘oyalarni tahlil qilish hamda ularning bugungi zamonaviy ta’lim, kompetensiyaviy yondashuv va yosh avlodni har tomonlama yetuk kamol topishidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlari, Ibratning “Lug‘ati sitta-alsina”, “Jome’ ul-xutut”, “Mezon uz-zamon”, “Tarixi Farg‘ona” kabi asarlari hamda zamonaviy jadidshunos olimlarning ilmiy ishlari o‘rganildi. Ishda tarixiy-pedagogik, qiyosiy-tahliliy, didaktik va kompetensiyaviy yondashuv metodlaridan samarali foydalanildi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Ibratning qarashlari zamonaviy ta’lim bilan uchta asosiy yo‘nalishda uyg‘unlashadi: ilm va ma’rifatga intilishni kuchaytirish, ko‘p tillilik hamda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish va tahliliy tafakkurni shakllantiruvchi pedagogik resurs vazifasini o‘tash. Shuningdek, uning yangi usul maktablarini tashkil etishi, noshirlik faoliyati hamda ayollar va bolalar ta’limiga bergan e’tibori milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligining amaliy namunasidir. XULOSA: Is’hoqxon To’ra Ibratning pedagogik konsepsiyasi milliylik va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan mukammal tizim bo‘lib, u talabalarni bilimni passiv qabul qiluvchidan mustaqil va tahliliy fikrlovchi faol shaxsga aylantirishga xizmat qiladi. Globallashuv davrida yoshlarda ma’naviy immunitetni shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishda ushbu boy ma’naviy merosdan metodologik manba sifatida foydalanish zarur.


INTRODUCTION: this article analyzes the significance of Ishokkhon Tura Ibrat's works and the pedagogical and educational ideas reflected in them for contemporary education. A number of studies indicate that Ibrat's views on spirituality, enlightenment, science, education and upbringing, foreign language proficiency, acquisition of modern knowledge, and the comprehensive development and advancement of the younger generation have been studied. The article examines the interrelation between the pedagogical and educational ideas in Ibrat's works and innovation, competence, as well as the holistic development of the individual. AIM: The primary objective of this study is to analyze the pedagogical and educational ideas presented in the works of Is'hoqxon To'ra Ibrat and demonstrate their significance in modern education, competency-based learning, and holistic personality development. MATERIALS AND METHODS: The study examined educational regulatory frameworks of the Republic of Uzbekistan, primary works by Ibrat including "Lug'ati sitta-alsina", "Jome' ul-xutut", "Mezon uz-zamon", and "Tarixi Farg'ona", alongside research from contemporary Jadidism scholars. Methodological approaches included historical-pedagogical, comparative-analytical, didactic, and competency-based methods. DISCUSSION AND RESULTS: The findings reveal that Ibrat's ideas intersect with modern education across three key dimensions: fostering a drive for scientific knowledge, enhancing multilingualism and intercultural communication competencies, and serving as a pedagogical resource for critical thinking. Furthermore, his establishment of new-method schools, publishing activities, and advocacy for women's and children's education exemplify the harmonious synthesis of national and universal values. CONCLUSION: Is'hoqxon To'ra Ibrat's pedagogical framework represents a comprehensive system uniting national identity with modernity, transforming students from passive learners into independent, analytical thinkers. In the era of globalization, drawing upon this rich heritage provides a vital methodological foundation for strengthening youth's spiritual immunity and advancing educational quality.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar