ResearcherUz LogoResearcherUz
Jurnalni ko'rish

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MA’NAVIY TARBIYA HAQIDAGI TA’LIMOTLARI

Annotatsiya

Ushbu maqolada 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish mazmuni, boshlang’ich sinf o’qituvchilarda ham ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish haqida so’z yuritilgan.


To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

Maqola matni

TA’LIMOTLARI

Saidova Parvina Mirzo qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘qituvchisi

parimirzaevnadtpi@gmail.com

Murodullayeva Zaytuna Abdulloyevna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

hasanabdullaev2016@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish mazmuni, boshlang’ich sinf o’qituvchilarda ham ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish haqida so’z yuritilgan.

Kalit so’zlar: tarbiya, ta’lim, ma’naviy tarbiya, indikator, ma’naviy-axloqiy ong, “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” Konsepsiyasi, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiyalar), ma’naviy-axloqiy sfatlarni shakllantirish.

Kirish. Jahon ta’lim tizimida yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviyaxloqiy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. AQSH, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda talaba-yoshlarning tafakkurini o‘stirish, qobiliyatlarini erta aniqlash, ma’naviyaxloqiy tarbiyalash mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishda modulli o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinarlar tashkil etilib kelinmoqda. O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta’lim, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etadi1. 1O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari

Asosiy qism. Bugungi kunda ma’naviyat masalasi dolzarb muammolardan biri sifatida talqin qilinib, yoshlarning ma’nan yetuk, barkamol shaxs sifatida kamol topishida ta’lim-tarbiya jarayonini uzluksiz tarzda o‘qitish talab etilmoqda. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ma’naviyatga shunday ta’rif berganlar: “Yangi O‘zbekistonni barpo etish ustunlaridan biri – kuchli ma’naviyatdir. Agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat idora va Ma’naviyat markazi yoki tegishkli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir”2.

Tarixga nazar tashlasak, bizning ota-bobolarimiz ming yillar oldin o‘zlarining tarixiy yodgorlik manbalarida, buyuk mutafakkirlarimiz esa o‘zlarining ilmiy asarlarida ta’lim-tarbiya haqidagi pedagogik ta’limotlariga duch kelamiz. Ushbu ta’limotlarda ma’naviy kamolot va tarbiya haqida alohida so‘z yuritilgan. Dastavval, xalqimizning ilk yozma yodgorligi “Avesto”ga murojaat qilganimizda, inson odob-axloqi, ma’naviyati quyidagi “uchlik”da aks ettirilgan3 (1-rasm):

1-rasm. “Avesto”ning ma’naviy-axloqiy uchligi.

Qarangki, oradan ming yillar o‘tgan bo‘lsada, hali hanuz bu ta’limotning mohiyati bugungi davr talabida ham o‘z ahamiyatini yuqotmagan. “Avesto”dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo‘lsa, ular qadimgi zamon 2 O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalari bo’yicha videoselektordagi nutqi. 2021 yil 19 yanvar 3 S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y. 87 b.

GVARSHTA

(YAXSHI ISH) –

insonning o’z xatti-

harakatida yaxshi fikr va

yaxshi so’zlarda ilgari

surilgan barcha ijobiy

yo’l-yo’riqlarga

og’ishmay amal qilish

va h.k

GUMATA (YAXSHI FIKR) –

yaqin kishilarga mehribonlik

qilish, muhtojlik va xavf-

xatar ostida qolganda

yordam berishga shaylik,

kishilar baxt saodati uchun

faol kurashishga doim

tayyor turish, hamma bilan

ahil va totuv yashash va h.k.

GUGTA (YAXSHI SO’Z)

– o’z va’dasiga rioya qilish,

so’zning ustidan chiqish,

savdo-sotiq ishlarida halol

bo’lishga, qarzini o’z

vaqtida to’lash, o’g’rilik va

talonchilik qilmaslik,

buzuqlikdan o’zini tiyish va

h.k.

INSON MA’NAVIYATI

kishilarining axloqiy tasavvurlariga batamom muvofiq bo‘lib tushadi. Ushbu ma’naviy-axloqiy uchlik g'oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo‘lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G'arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo‘lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g'oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo‘lishiga olib kelgan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy yo‘riqlariga binoan, inson tomonidan o‘z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma’naviy poklik sanalgan.

Islom manbalarida islomiy g'oyalar odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, ularni yomonlikdan qaytaradi. Insonparvarlikni targ'ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik, mehnat qilish hamda yer yuzini obod va go‘zal etishga undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik, erkni targ'ib etadi. “Qur’oni Karim”ning inson kamolotga erishishidagi ahamiyati, uning insonga va butun borliqqa nisbatan munosabati mazmunidan ham bilsak bo‘ladi. Sura va oyatlar vositasida zohir etilgan musulmon olami, xususan, islom diniga e’tiqod qiluvchi xalqlarning madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatiga oid qarashlar axloqiy me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, buyuk muhaddis Imom Buxoriy axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik – mana shu to‘rt xislatni Alloh taolo senga bergan bo‘lsin, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir, deb yozadi. Shuningdek, ilm olish fazilatlari haqida shunday aytiladi: “Ilmga amal va rioya qiluvchi bo‘linglar, uni faqat hikoya qiluvchi bo‘lmanglar”4, - deyiladi (637- hadis). Hadislarda ilmning kishilarni fahm-farosatli, o‘tkir zehnli, zukko hamda xotirani kuchli qilishdagi ahamiyati ham ta’kidlanadi va “Ilmu hunarni Xitoydan bo‘lsa ham borib o‘rganinglar”, - deya da’vat etiladi.

Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, bu fazilatlar sirasiga quyidagilar kiradi, bularning 4 Axloq-odobga oid hadis namunalari Hamidulla Hikmatullayev, Abdulaziz Mansurov TOSHKENT “FAN” nashriyoti 1990 28-bet barchasi Qur’oni Karimda qayd etilgan ko‘rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda, asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi (1-jadval):

Hadisi shariflarda keltirilgan insoniy fazilat (kompetensiya)lar

HADISI SHARIFLARDAGI INSONIY FAZILAT

(KOMPETENSIYA)LAR

1 o‘zgalarga mehr-oqibat ko‘rsatish 10 Vatanga muhabbat

2 saxiylik 11 halollik

3 ochiq ko‘ngillilik 12 do‘stlik

4 ota-ona, kattalar va qarindoshlarga

nisbatan muruvvatli bo‘lish

13 mehnat va kasb-hunarni

ulug'lash

5 ularga g'amxo‘rlik qilish 14 oliyjanoblik

6 rahm-shafqatlilik 15 kamtarlik

7 yaxshilik sari intihshi kerakligi 16 insonning o‘zini yomon

illatlardan tiyishi

8 vijdonlilik 17 rostgo‘ylik

9 poklik,

1-jadval. Hadisi shariflarda keltirilgan insoniy fazilat (kompetensiya)lar.

Birinchi va ikkinchi Renessans vakillari deya e’tirof etiladigan, Sharq uyg’onish davrining yetuk namoyandalari hisoblangan qomusiy mutafakkirlarimiz o‘zlarining boy ilmiy merosida ta’lim-tarbiya berishning yo‘l-yo‘riqlari, ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari haqida qimmatli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Ularning ta’limotlarida ma’naviy tarbiya mezonlari, belgilari xususida fikr yurutilgan. Ushbu ma’lumotlarni umumlashtirgan holatda quyidagi jadval orqali ma’naviy tarbiya mezonlarini ko‘rsatilgan (2-jadval):

Mutaffakkirlar e’tirof etgan ma’naviy tarbiya indikatorlari

MUTAFFAKKIRLAR E’TIROF ETGAN MA’NAVIY TARBIYA

INDIKATORLARI

Nasr Farobiy

ma’rifatli

lik,

donolik,

bilimdo

nlik

muloh

azali

bo‘lish

vijdonli

lik,

tarbiyali

yuksakli

kka

ko‘pchi

manfaat

ini

haqiqat,

adolatlilik

yuqoriq

o‘yish Abu Ali ibn Sino

va

ehtirom,

qat’iyatlil

ik

sofdilli

saxiylik

, adolat

axloqi

kamol

ot,

ma’rifa

t

qanoat,

chidaml

ilik,

jasurlik

mo‘tadi

llik,

uyatcha

nlik,

donolik

kamtarl

iyraklik

ehtiyotkor

lik, sevgi-

muhabbat Rayhon Beruniy

axloqiyli

k, poklik,

to‘g’rili

k ,

adolat

go‘zall

ik va

nafosat

oliyjan

oblik,

saxovat

hamkorl

ik

ilm-

ma’rifat

lilik

mehnat va

hunar

egallash Kaykov us

suxandon

do‘stlik andish

alilik

javonm

ardlik

kamtarli

diqqat

tinglash

xushmuo

malalilik Muha mmad Qoshg’ ariy

xushmuo

malalik

bilimli

hunar

o‘rganis

bilimlili

kamtarl

ik

mehmond

os’tlik Davoni

ziyraklik fahmlili

shijoat donolik iffat,

adolat

diqqatli

zehn

ravshanlig

i Alisher Navoiy

muhabba

t

vafodor

go‘zall

ikka

axloqiy

jasorat

blik

axloqiy

komillikk

a intilish Abdull a Avloniy

Vatanni

sevmoq,

haqshuno

slik,

matonat

diyonat,

oliyhim

matlik

intizo

m,

itoat,

afv

iffat,

hayo,

munisli

riyozat,

qanoat-

sabr

vijdon,

haqqoni

yat

idrok,

zako,

ibrat,

xayrixohli Xoja Saman

Vatanni

sevmoq,

jasorat,

dono

odamla

podsho

o‘ylab

gapirish,

mardlik

irodasi

mustahka dar Termizi

uning

muhofaza

si uchun

jon fido

qilmoq

toqat,

Yumsho

q

tabiatlili

r

suhbati

aqlni

boyitis

marham

atidan

mag’rur

bo‘lmas

dushma

n

so‘ziga

ishonma

slik

poklik,

halollik

mlik,

yaxshi

do‘stlar

uchun jon

fido etish Rumiy

iymon-

e’tiqod,

iroda,

matonat,

or-

nomuslili

bag’rik

englik,

blik,

adolatlil

saxovatl

ilik

qalb

pokligi

, aql

ish

tutish,

mehr-

vafo

go‘zal

axloq,

o‘z-

o‘zini

anglash,

o‘zaro

vijdon

uyg’oqli

gi,

irodanin

g

mustahk

amligi

Intizom

lilik,

lilik,

nazokat

Samimiyli

k, hurmat

ko‘rsatish,

rostgo‘yli Abdura hmon Jomiy

javonmar

dlik,

poklik,

tirishqo

qlik

sadoqa

tlilik,

vafodo

rlik

itoatkor

mehribo

nlilik

do‘stlik omonatdo

rlilik

mehnatsev

arlik

2-jadval. Mutaffakkirlar e’tirof etgan ma’naviy tarbiya indikatorlari.

Bunda mutafakkir olimlarning pedagogik qarashlarida ma’naviy tarbiya mezonlarini ko‘rishimiz mumkin. Ular ko‘rsatib o‘tgan bir necha ma’naviy-axloqiy fazilat(kompetensiya)lar bir-biriga o‘xshaydi. Ba’zilarida yangi fazilatlarni ham uchratish mumkin. Bundan ko‘rinib turubdiki, ma’naviy tarbiya mezonlari bir necha asrlar oldin ham insonlar tomonidan shu fazilatlar shakllanganligi bilan o‘lchanadi. Bu esa bugungi kunga kelib ham o‘z qiymatiga egaligini namoyon etadi. Insonlar tomonidan e’tirof etiladigan axloq kategoriyalari har bir jamiyat a’zosining ma’naviy yetukligi uchun qilinadigan sa’y-harakatlar ko‘lami bilan baholanadi. Hozirgi kunga qadar olib boriladigan islohotlar zamirida ham aynan komil shaxsni shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bu mezonlarni shakllantirish omillari orqali biz jamiyatimizga “husni xulq” – “ma’naviy yetuk” inson qiyofasini tarkib toptirib boramiz.

Jaloliddin Rumiy “Masnaviy ma’naviy” asari ta’lim-tarbiyaviy qiymatga ega bo‘lgan ilmiy asar hisoblanadi. Mazkurasar orqali shaxsda iymon-e’tiqod, bag‘rikenglik, iroda, qalb pokligi, vijdon uyg‘oqligi, go‘zal axloq, o‘z-o‘zini anglash kabi sifatlarni qaror toptirish zarurligi allomaning ma’naviy merosidan ta’lim jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish hamda o‘qitishning takomillashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Asarda keltirilgan ma’naviy tarbiya indikatorlari o‘quvchilarda singdirish o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy qiyofasi yetuk bo‘lib ulg’ayishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Xoja Samandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asarining asl mazmuni davlatni idora qilish va yoshlarni tarbiylalashda podshohlar uchun dasturdir. Asardagi rang-barang hikmatlar, jang, voqea-hodisalar tasvirida hammadan oldin insonga xos bo‘lgan eng yaxshi ta’limiy-axloqiy xislatlar talqin etiladi. Muallif asardagi hikmatlar orqali inson ruhiyatidagi eng yaxshi sifatlar, xislatlarni ta’riflash bilan birga, har bir mamlakat podshohi, amiri, hokimi shunday sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lishi va ular davlatning poydevorini shu tarzda qurishi, mustahkamlanishi lozimligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Shu sabab asarning agrchi podshohlarga ma’naviy atab yozilgan bo‘lsa ham, mamlakatning yoshlarni ma’naviy halol, pok, mustahkam, sabr-toqatli, Vatanga sodiq kishilar ruhida tarbiyalash xususidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. “Dastur ulmuluk” asarida ma’naviy-axloqiy fazilatlar badiiy tasvir vositalari oraqli keltirib o‘tilgan: adolat, jasorat, yumshoq tabiatlilik va sabr-qanoat, mag’rur bo‘lmaslik, o‘ylab gapirish, yomon odatlardan saqlanish, muloqot, maslahatning foydasi, hasadning zarari, sabr-toqat natijasi, qarilarning yoshlarga nasihatlari haqida alohida ta’kidlab pand-u nasihatlar keltirilgan. Xoja o‘z qarashlarida mamlakatning manfaati, tinchligi uchun jon fido qilgan kishilarni “Jondan kechib, jon olib-jon berib jangga kirgan pahlavonlar”nigina jasur, dovyurak odamlar sirasiga qo‘shadi. O‘z mamlakati, xalqi ornomusi uchun kurash ketayotgan bir vaqtda yigit aslo xayolini bekorchi narsalarga band qilmasligi, faqat jang tashvishi, g’alabani o‘ylash zarurligini uqtiradi. Jasorat haqidagi shu kabi hikmatlari, orzu-istaklari 300 yildan buyon o‘z ahamiyatini yuqotgan emas. Bugungi kunda istiqlol yo‘lida borayotgan Vatanimiz yoshlarini vatanparvarlik, dovyuraklik, mardlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega5. Ushbu asarda keltirilgan ma’lumotlar orqali ularni ma’naviyatini yuksaltirish, fazilatli avlod qilib tarbiyalash maqsad qilib qo‘yilgan. 5 Xoja Samandar Termiziy “Dastur ul-muluk” “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent 2001. 52- 55 betlar

XIX asrda yashab ijod etgan mutafakkir Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida quyidagi fikrlarni keltirgan: “ilmi axloqning asosi tarbiya o‘ldug’indan shul xususda biroz so‘z so‘ylayurmiz. Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarini o‘rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o‘sturmakdur. Tarbiya qiluvchilar tabib kabidurki, tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgan kabi tarbiyani bolasning vujudidagi jahl maraziga “yaxshi xulq” degan davoni ichidan, “poklik” degan davoni ustidan berib, katta qilmog’i lozimdur”. A.Avloniy tarbiyani to‘rt guruhga ajratib ko‘rsatadi: 1. Tarbiyaning zamoni; 2. Badan tarbiyasi; 3.Fikr tarbiyasi; 4. Axloq tarbiyasi. Uning fikricha, “axloq tarbiyasi: insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi axloq tarbiyasidur. Biz avvalgi darsda tarbiya ila dars orasida farq bor, deduk, chunki dars oluvchi-biluvchi, tarbiya oluvchi-amal qiluvchi demakdur. Shuning uchun ham tarbiya qiluvchi muallimlarning o‘zlari ilmlariga omil bo‘lib, shogirdlarga ham bergan darslarini amal ila chaqishturub o‘rgatmaklari lozimdur, bu ravishi ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilub, mulloyi boamal bo‘lurlar”6.

Xulosa. Yuqorida keltirilgan asarlardan ko‘rinib turibdiki, o‘tmishda ham komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu asarlarda keltirilgan ijobiy axloqiy fazilatlar insonlarni ezgulikka chorlab, ularni mehr-u muhabbat, vafo va sadoqat ruhida tarbiyalab kelgan bo‘lsa, salbiy axloqiy xislatlar va ularning oqibatlari haqida gapirish orqali esa nomaqbul qabih ishlardan saqlanishga da’vat etib, ularning inson ekanliklarini bir lahza bo‘lsa-da esdan chiqarmaslikka chaqirganlar.

Ma’naviy-axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma’naviy-axloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Ma’naviy-axloqiy e’tiqodga ega inson axloqiy me’yorlar, talablami ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin ma’naviy-axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, ma’naviy-axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, o‘quvchilar tomonidan ularning faoliyatida yorqin namoyon bo‘lgandagina, rivojlangan deyish mumkin. 6 A.Avloniy “Turkiy guliston yoki axloq” T.: YOSHLAR NASHRIYOT UYI. 2019. 13 bet.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31- dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari

2. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ma’naviyma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalari bo’yicha videoselektordagi nutqi. 2021 yil 19 yanvar

3. S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot. 2002 y. 87 b.

4. Axloq-odobga oid hadis namunalari Hamidulla Hikmatullayev, Abdulaziz Mansurov TOSHKENT “FAN” nashriyoti 1990 28-bet

5. Xoja Samandar Termiziy “Dastur ul-muluk” “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent 2001. 52-55 betlar

6. A.Avloniy “Turkiy guliston yoki axloq” T.: YOSHLAR NASHRIYOT UYI. 2019. 13 bet.

7. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. – 2022. – Т. 1. – №. 8. – С. 160-167.

8. Rustamovich T. A. Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati Masalalari

//TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2021. – Т.

1. – №. 5. – С. 186-190.

9. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.

10. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262.

11. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180.

12. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022).

TYPES OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE

SPECIFICS OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF

STUDENTS.

13. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-

ЭСТЕТИК ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E

Conference Zone (pp. 110-115).

14. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА

УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. Conferencea, 78-84.

15. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Энигма, (32), 86-93.

16. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION

MECHANISMS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.

17. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ

МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and

innovation, 1(B7), 815-821.

18. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42.

19. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В

УЗБЕКИСТАНЕ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86.

20. Абдуразаков, Ф. (2022). У^ УВ МАШЕУЛОТЛАРИДА У^

УВЧИЛАРНИНГ НОТЩЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.

21. Аbdurаzаqоv Fаzliddin Аbdunаbiyеvich. (2023). ОLIY TА’LIM

MUАSSАSАSI TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG

NUTQI. Journal of Universal Science Research, 1(4), 16–23. Retrieved from

22. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D.

23. Абдуразаков, Ф. (2022). O‘quvchilarga axloqiy-estetik tarbiya berishda notiqlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 16-22.

24. Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o‘g‘li. (2023). MILLIY

HUNARMANDCHILIKNING MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI

KASBIY TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH (1-4-sinflar misolida). Journal of Universal Science Research, 1(4), 507–514. Retrieved from

25. Xudayqulov, X., & Odinaboboev, F. (2022). ПЕДАГОГИК МОДУЛЛИ

ЎҚИТИШДА ИННОВАЦИОН ТАРАҚҚИЁТНИНГ УСТУВОР

ЙЎНАЛИШЛАР. Science and innovation, 1(B7), 960-967.

26. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И МЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.

27. Rustamovich, T. R. A. (2021). Islom Ta’limotlarda Shaxs Ma’naviyati

Masalalari. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY

JURNALI, 1(5), 186-190.

28. TA Rustamovich (2021) Issues of Personal Spirituality in Islamic Teaching International Journal of Trend in Scientific Research and Development

(IJTSRD) 1(6), 886-889

29. Akbar, T. (2022). Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10-11th Class. Web of Scholars: Multidimensional Research Journal, 1(8), 160- 167.

30. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Hakimova Nigina Ma`mur qizi. (2023). Milliy oʻquv dasturining hayotimizdagi oʻrni. Journal of Universal Science Research, 1(5), 88–93. Retrieved from

31. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Jumanazarova Durdona Abduvohidovna. (2023). Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurashish. Journal of Universal Science Research, 1(5), 101–109. Retrieved from

32. Akbar To‘raqulov Rustam o‘g‘li, & Xurramova Aziza Abdurasul qizi.

(2023). XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING

BILIMINI BAHOLASH METODOLIGIYASI. Journal of Universal Science Research, 1(5), 94–100. Retrieved from

33. Аbdunаbiyеvich, А. F. (2023). ОLIY TА’LIM MUАSSАSАSI

TАLАBАLАRIGА TАRBIYА BЕRISHDА PЕDАGОG NUTQI. Journal of Universal

Science Research, 1(4), 16-23.

34. Eshqorayev, S. S., Ro’zimurodov, B. I., & Choriyeva, M. S. (2022).

YOSHLARNI ILM-FAN VA INNOVATSIYALARGA QIZIQTIRISHNING

NOAN’ANAVIY USULI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(6), 308-310.

35. Choriyeva, M. S. qizi, & Eshqorayev, S. S. o’g’li. (2022).

MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG`RIKENGLIK O’ZBEK

XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR. INTERNATIONAL СONFERENCE ON

LEARNING AND TEACHING, 1(3), 46–51. Retrieved from

Matn PDFdan avtomatik ajratib olingan va xatoliklar bo'lishi mumkin.