ResearcherUz LogoResearcherUz

MUHANDISLIK MAKTABLARI VA OLIY TA’LIM O‘RTASIDA BAHOLASH TIZIMINING INTEGRATSION MODELI.

Annotatsiya

KIRISH: tadqiqot muhandislik maktablari va oliy ta’lim o‘rtasida baholash tizimining uzviyligini ta’minlashga bag‘ishlangan. Maqsad — “yagona mezon — yagona yo‘nalish” tamoyili asosida muhandislik kompetensiyalarini bosqichma-bosqich baholash modelini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy, qiyosiy, kontent-tahlil, tizimli yondashuv va pedagogik modellashtirish metodlari asosida O‘zbekiston, ABET, Finlyandiya va Singapur tajribasi o‘rganildi. Natijada bilim, muhandislik tafakkuri, amaliyot, loyihalash, eksperiment, kommunikatsiya va refleksiyani qamrab oluvchi kompetensiyaviy model ishlab chiqildi. Modelni Al-Xorazmiy universiteti va Urganch muhandislik maktabi integratsiyasi misolida qo‘llash imkoniyati asoslandi. MAQSAD: “Yagona mezon — yagona yo‘nalish” tamoyili asosida muhandislik maktablari va oliy ta’lim o‘rtasida kompetensiyalarni bosqichma-bosqich baholashga xizmat qiluvchi integratsion modelni ishlab chiqishdan iborat. MATERIALLAR VA METODLAR: Tadqiqotda tizimli, kompetensiyaviy va integratsion yondashuvlardan foydalanildi. Metodologik jihatdan konseptualmodellashtirish xarakteriga ega bo‘lib, AQSh (ABET), Finlyandiya va Singapur kabi xorijiy mamlakatlarning xalqaro tajribalari hamda milliy normativ-huquqiy hujjatlar qiyosiy tahlil qilindi. MUHOKAMA VA NATIJALAR: Tadqiqot natijasida maktab va OTM o‘rtasidagi baholash uzviyligini ta’minlovchi 3 bosqichli pilot mexanizm (Al-Xorazmiy universiteti va Urganch muhandislik maktabi misolida), “Bir loyiha — ikki bosqich” tamoyili hamda kompetensiyalarning bosqichma-bosqich murakkablashuv xaritasi ishlab chiqildi. Elektron portfolio va akademik tan olish mexanizmlari asoslab berildi. XULOSA: Taklif etilgan konseptual model bilimni shunchaki tekshirishdan ko‘ra, o‘quvchining muhandislik tafakkuri, loyihalash va amaliy ko‘nikmalarini maktabdan universitetgacha izchil rivojlantirish hamda akademik uzilishlarni kamaytirishga xizmat qiladi.


INTRODUCTION: this study addresses continuity in assessment between engineering schools and higher education. Its aim is to develop a model based on the principle of “one criterion — one direction” for the progressive assessment of engineering competencies. Regulatory, comparative, content analysis, systems approach, and pedagogical modeling methods were used to examine Uzbekistan, ABET, Finland, and Singapore. A competency-based model covering knowledge, engineering thinking, practice, design, experimentation, communication, and reflection was developed. Its applicability is substantiated through the integration of Al-Khwarizmi University and an engineering school in Urgench. AIM: to develop an integrative model for progressive competency assessment between engineering schools and higher education institutions based on the "Single Criterion — Single Direction" principle. MATERIALS AND METHODS: the study employs systemic, competency-based, and integrative approaches. Methodologically conceptual-developmental, it includes a comparative analysis of national regulatory documents and global frameworks from the USA (ABET), Finland, and Singapore. DISCUSSION AND RESULTS: a three-stage pilot framework (exemplified by AlKhwarizmi University and the Urgench Engineering School) was formulated, featuring a "One Project — Two Stages" mechanism and a matrix of progressive competency complexity. The role of e-portfolios as an evidentiary basis for academic recognition was substantiated. CONCLUSION: the proposedmodel shifts assessment from mere knowledge testing to tracking continuous engineering thinking and practical skills from high school to university, effectively bridging the academic preparation gap.

To'liq PDF hujjat

O'xshash maqolalar

BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING FAZOVIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA UCH O‘LCHAMLI GEOVIZUALIZATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI.
Pedagogika fanlariGeoaxborot tizimlariLoyihalash metodikasiRaqamli texnologiyalar

Bayimbet Iskandarov

Mazkur maqolada uch o‘lchamli geovizualizatsiya, fazoviy munosabat va dalillash masalasi ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarga geoaxborot tizimlarini loyihalashni o‘qitish uchun tekshiriladigan pedagogik yechimni asoslashdan iborat. Adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish, o‘quv …

Inter Education & Global Study21.10.202600
O‘ZBEK AN’ANAVIY DOIRA IJROCHILIGIDA USULLAR VA ULARNING BADIIY- ESTETIK XUSUSIYATLARI.
San'atshunoslik fanlariO‘zbek milliy musiqa san’atiDoiraAn’anaviy ijrochilik

To‘rayev Qahramon Fayzullayevich

Mazkur maqolada o‘zbek an’anaviy doira ijrochiligida usul tushunchasi, uning ritmik-intonatsion xususiyatlari, ijro texnikasi va badiiy-estetik imkoniyatlari ilmiy- nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Doira usullarining xalq musiqasi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ansambl ijrochiligidagi funksional ahamiyati yoritil…

Inter Education & Global Study21.10.202600
LEARNING ANALYTICS AND STUDENT ENGAGEMENT IN TEACHER EDUCATION: METHODOLOGICAL PERSPECTIVES.
Pedagogika fanlariLearning analyticsStudent engagementTeacher education

Akbarova Sevarakhon Khusanboy qizi

This article examines methodological perspectives on using learning analytics to monitor and support student engagement in teacher education. The central problem is that traditional assessment and attendance-based control systems do not adequately reveal future teachers’ behavioural, cognitive, emotional, social and pr…

Inter Education & Global Study21.10.202600
IJODKORLIK KO‘NIKMALARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TARKIBI VA BO‘LAJAK O‘QITUVCHI KASBIY TAYYORGARLIGIDAGI O‘RNI
Pedagogika fanlariIjodkorlikIjodkorlik ko‘nikmasiBo‘lajak pedagog

Madiyev Otamurod Bobomurodovich

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagogning kasbiy faoliyatida ijodkorlikning namoyon bo‘lish shakllari — dars loyihalash, muammoli vaziyatni hal qilish, metod tanlash, ta’limiy topshiriq yaratish hamda refleksiya va baholash jarayonlari misolida tahlil qilingan. Ijodkorlik statik xususiyat emas, balki faoliyatning turli bosqi…

Inter Education & Global Study21.10.202600
TA’LIM JARAYONIDA DIQQAT VA IJRO FUNKSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING NEYROPEDAGOGIK MEXANIZMLARI.
Psixologiya fanlariNeyropedagogikaDiqqatIjro funksiyalari

Izzatullayeva Zohidaxon Sunatdullayevna

K mexanizmlari uchta ilmiy manbaning qiyosiy tahlili asosida yoritiladi. Diqqatni boshqaruvchi neyron tarmoqlar, ish xotirasi, tormozlovchi nazorat va kognitiv moslashuvchanlikning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Diqqat mashqlari, qoidali o‘yinlar va kognitiv murakkabligi bosqichma-bosqich oshiriladigan topshiriql…

Inter Education & Global Study21.10.202600